Asosiy kontentga oʻtish
OnaTili
Esc
  • Kamida 2 ta harf kiriting. Imlo xatolari ham hisobga olinadi.
Boshlash
Imtihon haqida

Milliy sertifikat: imtihon qanday tuzilgan?

Ona tili va adabiyot imtihoni 45 topshiriqdan iborat va 180 daqiqa davom etadi. Platformadagi milliy format aynan shu tuzilmani takrorlaydi. Rasmiy talablar uchun har doim Bilim va malakalarni baholash agentligi eʼlonlariga tayaning.

  1. Y-1 · 32 ta topshiriq

    Yopiq test topshiriqlari (1–32)

    Toʻrt variantdan bitta toʻgʻri javobni tanlash: til bilimlari, imlo, uslub, matn va adabiyot.

  2. Y-2 · 3 ta topshiriq

    Moslashtirish topshiriqlari (33–35)

    Umumiy olti variant (A–F) va uchta band: har bandga mos variant tanlanadi. Barchasi toʻgʻri boʻlsa ball beriladi.

  3. O-1 · 9 ta topshiriq

    Ochiq topshiriqlar (36–44)

    Variantsiz topshiriqlar: a) va b) qismlarga javob yoziladi, har qism alohida baholanadi.

  4. O-2 · 1 ta topshiriq

    Yozma ish — esse (45)

    Berilgan vaziyat yuzasidan kamida 100 soʻzli publitsistik esse. Ekspert 12 mezon × 2 ball = 24 ballik rasmiy mezon bilan baholaydi.

Ball qanday hisoblanadi

  • Test qismi (1–44) Rasch modeli boʻyicha 75 ballik shkalaga keltiriladi.
  • Esse 24 ballik mezon bilan baholanib, rasmiy jadval asosida 75 ballik shkalaga oʻtkaziladi (24 → 75, 12 → 51, 0,5 → 28).
  • Yakuniy ball — ikki qismning oʻrta arifmetigi. 46 balldan sertifikat beriladi.
  • Platformada test qismi xom natijadan chiziqli hisoblanadi, shuning uchun daraja taxminiy.

Darajalar

A+
70–75
A
65–69,9
B+
60–64,9
B
55–59,9
C+
50–54,9
C
46–49,9